
MLSning “Atlanta Yunayted” jamoasi klubi o‘z tarkibiga Eldor Shomurodovni qo‘shib olmoqchi. Klub “Roma”ga o‘zbek hujumchisi borasida so‘rov yuborgan. Bu haqda Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdag sahifasida ma’lum qildi.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Atlanta Yunayted» o‘zbekistonlik hujumchining transferi borasida «Roma» bilan muzokaralarni boshladi. Muzokaralar yaxshi davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, «Atlanta Yunayted» MLS Sharqiy konferensiyasida 25 o‘yinda 28 ochko to‘plab, 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa avvalroq «Atalanta»dan yarimhimoyachi Aleksey Miranchukni sotib olgandi.
Shomurodov Italiyadagi faoliyatini “Jenoa” klubida boshlagan edi. Keyin esa poytaxt klubiga o‘tgan hujumchi 34 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
2023 yil faoliyatini “Spetsiya” klubiga o‘tkazgan futbolchi ijara muddati tugagach faoliyatini “Kalyari” klubida davom ettirdi. Klubdagi faoliyat davomi Eldor Shomurodov 22 uchrashuvda 3 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar