07:00 / 15.08.2024
121

Balandlikka sakrovchi yuguruvchi bilan bahslashadi

Balandlikka sakrovchi yuguruvchi bilan bahslashadi
Foto: Rambler/RG
Uch haftadan so‘ng yengil atletika bo‘yicha ikki jahon rekordchisining uzoq kutilgan bellashuvi o‘tkaziladi. Changarcho‘pga tayanib sakrovchi Arman Dyuplantis (Shvetsiya) va to‘siqlar osha yuguruvchi Karsten Varholm (Norvegiya) 100 metrlik sprintda kim kuchli ekanini aniqlashadi.

Dunyo yengil atletikasi yulduzlarining o‘zaro to‘qnashuvi g‘oyasi ikki yil avval Dyuplantis 100 metrga yugurishda Varholm bilan kurashish niyatida ekanini bildirgach, paydo bo‘lgandi.

Har ikki atlet boshqa-boshqa sport turlari bilan shug‘ullansa-da, 100 metrga yugurish bo‘yicha ko‘rsatkichlari ko‘p farq qilmaydi.

7 yil avval Varholm shu masofani 10,49 soniyada bosib o‘tgan. Dyuplantis esa 2018 yilda 10,57 soniya natija ko‘rsatgan.

Shved va norveg o‘rtasidagi bellashuv 4 sentyabr kuni Syurix (Shveysariya)da «Brilliant liga» doirasida bo‘lib o‘tadi.

Arman Dyuplantis — langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha ikki marta olimpiya chempioni.

Karsten Varholm — 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha Tokio-2020 g‘olibi, Parij-2024 kumush medali sovrindori.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Balandlikka sakrovchi yuguruvchi bilan bahslashadi