15:46 / 15.08.2024
321

Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarga intervyu berdi

Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarga intervyu berdi
Abbosbek Fayzullayev SSKAning yetakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. 20 yoshli futbolchimiz Rossiya kubogi guruh bahslarining 2-turida “Nijniy Novgorod” bilan bo‘lgan uchrashuvda jamoasining mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga hissa qo‘shdi.

Aynan o‘zbek hujumchisi tashkil qilgan hujumni himoyachi Igor Diveyev gol bilan yakunladi. Diveyev himoyachi bo‘lishiga qaramay, yangi mavsumdagi gollari sonini beshtaga yetkazib oldi va SSKA tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi.

“Nijniy Novgorod” qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutilib qolgan “armiyachilar” penaltilar seriyasida 4:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan keyin Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarga intervyu berdi.

— Himoyachi Igor Diveyevning samaradorligi hujum chizig‘i o‘yinchilarini cho‘chitmayaptimi?
— Agar o‘yinchilardan biri gol ursa, bu jamoa uchun juda yaxshi holat. Kim gol urishi muhim emas, asosiysi uchrashuvda g‘alaba qozonish.

— Sizda Diveyev bilan raqobatlashish, ko‘proq gol urish ishtiyoqi yo‘qmi?
— Bor! Men har bir uchrashuvda gol urishni istayman. Jamoaga yaqinda keldim, hozir sekin-asta formamni tiklayapman.

Tez orada eng yaxshi holatimga chiqaman, gol urishni boshlayman va jamoaga yanada ko‘proq foyda keltiraman.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev Parij Olimpiadasida ishtirok etish uchun ma’lum muddat O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘ldi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz SSKAning mavsumoldi yig‘inlarida to‘liq ishtirok etmadi.

Jurnalistlar legionerimizdan Olimpiada taassurotlarini ham so‘radi.

— Siz yaqinda keliboq, Olimpiada haqida fikr ham bildirdingiz. Hozir endi Parij Olimpiadasida o‘tkazgan vaqtingizni qanday baholaysiz?
— Faqat ijobiy fikrlar bildira olaman. Olimpiada juda yoqdi. U yerda muhit yaxshi edi, lekin natija nuqtayi nazaridan ijobiy fikr ayta olmayman. Biz yanada ko‘prog‘iga qodir edik, ammo bu gal o‘xshamadi. Keyingi gal albatta, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb umid qilaman. Olimpiadada qatnashganimdan mamnunman.

— Tashkilotchilikning qaysidir jihatlari ma’qul kelmadimi yoki hammasi zo‘r edimi?
— Hammasi yetarli darajada yaxshi edi.

— Siz avval sal boshqacha gapirgandingiz...
— Youtube haqida aytyapsizmi?

— Umumiy tashkilotchilik haqida, yotoqlar haqida...
— Yotoqlar haqida biror yomon fikr aytolmayman. Juda yaxshi uxladim.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak chempion – Ispaniya futbolchilariga 1:2, keyinchalik yarim finalga yetib borgan Misrga 0:1 hisobida yutqazib, Dominikan Respublikasi vakillari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev jurnalistlarga intervyu berdi