00:00 / 17.08.2024
164

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o‘yindan muxlislar yutdi"

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o‘yindan muxlislar yutdi"
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - OKMK (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Albatta, bugungi o‘yinda muxlislar yutdi. Vaziyatlarga, kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Hisob tenglashganidan so‘ng o‘ylab turgandim, bitta gol urgan jamoa yutib ketardi. Oxirgi 20 daqiqalikda "Dinamo"da ham, bizda ham yarim himoya deyarli ishlamadi. Maqsad har ikki jamoada ham hujumga qaratildi. Kojoning golida chap qanot himoyachimiz qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Mezbonlarni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

- Bir daqiqada o‘yin kartinasini chizib berdingiz. Bugungi o‘yin haqida hozir hamma gapirayapti.
- Ha, aytib o‘tdim-u, bugungi futboldan muxlislar yutdi.

- OKMK daraja bo‘yicha "Dinamo"dan ustun ekani baribir ko‘rindi. Oxirgi daqiqalarda har ikki jamoaning ham g‘alaba uchun harakati ortidan talato‘plar yuzaga keldi. Shuning natijasida jamoangiz mag‘lub bo‘ldimi?
- Oxirgi 20 daqiqalikda har ikki jamoaning ham yarim himoya chizig‘i ishlamay qoldi. Zairadan qo‘shilgan futbolchilarimiz o‘yinimizni kuchaytirib berishlari kerak edi. Lekin ko‘ngildagidek harakat qila olishmadi.

- Jamoangiz atrofida joriy mavsum chempionligi haqida gap-so‘zlar ko‘payib qoldi...
- Men ishlagan har bir jamoamda mablag‘ bormi, yo‘qmi, bor imkoniyatdan foydalanib, yuqori natijalar uchun harakat qilganman. O‘tgan o‘yindan keyin ham shu haqida aytdim. Mehnat qilish kerak. Bugun OCHL ligalariga qur’a tashlandi. Maqsadni shunga qaratish kerak. Bu turnirlarda o‘ynash uchun yo chempion bo‘lish kerak yoki kubokni yutish lozim. Shunga qarab intilish kerak.

- Jamoaga siz uchun kelgan eronlik futbolchi "Navbahor"ga o‘tib ketdi...
- Yo‘q, men uchun kelmagan. Tushunib turibman, Siyavash Haqnazari haqida aytayapsiz. U klubsiz yurganda jamoaga taklif etdik. Yo‘qotilgan yarim yili uchun ham jiddiy harakat qildi, o‘z ustida ishladi. Masalan, men uning o‘rniga yugurib berganim yo‘q. Bizdan yaxshiroq sharoit taklif qilishsa, ketishiga biz qarshi emasmiz. Har doim aytganman, futbolchilar jamoaga men uchun kelishmaydi. Har bir futbolchi o‘zi uchun o‘ynaydi, jamoa manfaatiga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Bugungi o‘yindan muxlislar yutdi"