239
Diyora Keldiyorova: “Olimpiadaga 5 oy qolganda jarohat oldim, bu haqda hech kimga aytmadik”
Parijda o‘zbek sportchilari orasida birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan ayol sportchi sifatida tarixga kirgan Diyora Keldiyorova Olimpiada oldidan Bokudagi musobaqada tizzasidan jarohat olgan. Bu haqda u Sports nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Olimpiadaga besh oy qolgan edi. Fevral oyida Bokuda “Katta dubulg‘a” turniri bo‘ldi. Bu narsa hech qayerda aytilmadi. Biz hech kim bilishini xohlamadik. O‘shanda tizzamdan jarohat oldim. Juda kuchli emas edi, pay cho‘zilishiga o‘xshagandek. Kechki mashg‘ulotlarda bilinmadi. Erta tongda og‘riq bilan uyg‘ondim. Biz qanday qiyinchilikni boshimizdan o‘tkazganimizni hech qachon esimdan chiqarmasam kerak. Jarohatdan qutulib qanday qilib tayyorgarlik ko‘raman, degan savol qiynardi. 5-6 hafta sarfladim jismoniy holatimni tiklashga. Ota-onam ham bilmagan. Faqat turmush o‘rtog‘im bilardi.
Aynan shuning uchun ham Olimpiada g‘olibi bo‘lgach birinchi turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qildim. Chunki u har doim yonimda qo‘llab turdi”, deydi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova.
Ma’lumot uchun, Diyora Bokuda o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turnirida ham finalda Olimpiada o‘yinlari sovrindori Jufrida Odetteni mag‘lubiyatga uchratib, g‘olib bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi