Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlari yakunlanganidan keyin mutaxassislar musobaqa natijalarini, sportchilar ishtirokini, e’tiborga molik ko‘rsatkichlarni tahlil qilmoqda.
Bu galgi Olimpiadadagi eng ulkan yutuqlarni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi qayd etdi. Hamyurtlarimiz erkaklar o‘rtasidagi yetti vazn toifasidan beshtasida oltin medallarga ega chiqdi.
Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Lazizbek Mullajonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Abdumalik Xalakov o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiya o‘yinlarining shohsupasiga ko‘tarildi.
Rossiyaning “Studiya boksa Viktora Yalimova” (“Viktor Yalimov boks studiyasi”) yutub kanali O‘zbekiston bokschilarining “Parij-2024” o‘yinlaridagi muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi.
- Beshta oltin medal jamg‘argan O‘zbekiston katta ustunlik bilan birinchi o‘rinni egalladi. Savol shundan iborat – O‘zbekiston bokschilari zo‘r jang qildimi yoki qolganlar yetarli darajada kuchli emasmi?
Javobni bilmayman. O‘zbeklarning har biri sifatli boks namoyish qildi va Olimpiadadagi ustunlik ana shu omil samarasi. Boksda yettita oltin medaldan beshtasini olish bu katta tarix, - deyiladi mazkur yutub kanali uchun tayyorlangan tahliliy materialda.
Bundan tashqari, “Viktor Yalimov boks studiyasi” 71 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqiblarini katta ustunlik bilan yenggan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev haqida ham iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
- O‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev zarba berishdan ko‘ra, ko‘p yugurdi. U shu qadar tezkor ekanki, raqibga zarba berishi bilan qochib qolyapti va uni umuman “tutib bo‘lmas” ekan. O‘zbek bokschisi bu ishni Olimpiya o‘yinlari finalida tajribali va juda yaxshi charm qo‘lqop ustasi bo‘lgan meksikalikka qarshi jangda qilyapti. Raqib o‘zbek bokschisining tezkorligidan unga zarba bera olmadi, - dedi ekspert Viktor Yalimov.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Parij ringlarida misrlik Umar Elavadi, daniyalik Nikolay Terteryan, amerikalik Omari Jonsni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Olimpiadaning hal qiluvchi bahsida hamyurtimiz Meksikadan kelgan kuchli bokschi Makro Verde bilan kuch sinashdi. Raqibidan texnik va taktik jihatdan ancha ustun kelgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ochkolar hisobida zafar quchib, olimpiya chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Asadxo‘ja yosh bo‘lishiga qaramay, havaskorlar boksida katta natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. 23 yoshli charm qo‘lqop ustasi 2022 yili Iordaniya mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida bronza medalga sazovor bo‘lgandi.
2023 yili Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida Mo‘ydinxo‘jayev o‘z vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, jahon chempioni bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi