21:43 / 19.08.2024
45

Superliga. “Navbahor” “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Navbahor” “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: “Navbahor”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan uchrashuv 19 avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Navbahor” o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Andriya Filipovich hisobni ochdi. 18-daqiqada esa Jamshid Iskanderov muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi.

Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar nisbatan faolroq o‘ynab, 60-daqiqaga kelib penalti ishlab oldi. Temurxo‘ja Abduxoliqov ushbu penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada esa “Bunyodkor” futbolchisi Boburbek Yo‘ldoshev qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Asosiy daqiqalar yakuniga yetgach, hakam o‘yinga 12 daqiqa qo‘shib berdi. 102-daqiqada esa namanganliklar penalti ishlab oldi. Jamshid Iskanderov ushbu 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Superliga
16-tur

19 avgust, dushanba
“Navbahor” — “Bunyodkor” 2:2
Gollar
: Andriya Filipovich, 9 (0:1), Jamshid Iskanderov, 18 (1:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 60 pen (1:2), Jamshid Iskanderov, 90+12 pen (2:2).

“Navbahor”: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Siyavash Haqnazari (17. Ruslan Jiyanov, 78), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev (12. Saidazamat Mirsaidov, 78), 21. Giorgi Nikabadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 55. Komil Tojiddinov (71. Navro‘zbek Iminjonov, 82), 77. Abror Ismoilov.

“Bunyodkor”: 1. Marin Lyubich, 4. Najmiddin Normurodov, 6. Boburbek Yo‘ldoshev, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (74. Luis Kachorri, 80), 22. Usmonali Ismonaliyev, 23. Asadbek Rahimjonov, 25. Itsuki Urata, 41. Andriya Filipovich (66. Azizbek To‘lqinbekov, 73), 57. Amir To‘raqulov (10. Rasul Yo‘ldoshev, 80), 77. Muzaffar Olimjonov (8. Frane Chiryak, 73).

Ogohlantirishlar: Muzaffar Olimjonov (2), Filip Ivanovich (59), Andriya Filipovich (62), Siyavash Haqnazari (77).
Chetlatish: Boburbek Yo‘ldoshev (70).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Navbahor” “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi