496
"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi oxirida qo‘yilgan penaltida hakam to‘g‘ri qaror qabul qildimi?
"Navbahor" hamda "Bunyodkor" o‘rtasidagi Superliganing 16-tur uchrashuvida bahsli vaziyat ro‘y berdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda (1:2 paytida) hakam "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgiladi va "Navbahor" hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Ekspertimiz rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyayev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) ushbu vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Hujumning birinchi fazasi bo‘yicha savollar tug‘ilyapti, to‘p "Navbahor" futbolchisining qo‘liga tekkan bo‘lishi mumkin. Ammo lavhalar sifati tufayli aniq bir narsa deyish qiyin.
Shundan so‘ng jarima maydonchasiga to‘p uzatildi va "Bunyodkor" posboni to‘pga yeta olmay, katta ehtimol bilan raqibning yuz qismiga qo‘li bilan tegib ketdi. Ammo bu yerda ham lavhalar juda sifatsiz, rakurslar yomon, vaziyat borasida aniq fikr bildirib bo‘lmaydi. Harakat mexanikasi bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, "Bunyodkor" posboni "Navbahor" futbolchisining yuziga tekkandek tasavvur uyg‘ondi. Hakam yaxshi pozitsiyada edi, u vaziyatni ko‘rdi va penalti qo‘yishga haqqi bor edi". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi