11:50 / 20.08.2024
81

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollari bo‘lgan turnirda o‘z ishtirokini boshladi

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollari bo‘lgan turnirda o‘z ishtirokini boshladi
AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri start oldi.

Foto: Chessbase
Musobaqada jahonning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G‘olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi.

Foto: Chessbase
Turnirning 1-turida Nodirbek qora donalarda Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2749) bilan durangga imzo chekdi. Ushbu turda faqatgina fransiyalik Alireza Firuzja qora donalarda harakat qilganiga qaramay, turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi, amerikalik Fabiano Karuanani mag‘lub etishni uddaladi. Qolgan barcha partiyalarda grossmeysterlar murosa ko‘chasini tanladi.

Foto: Chess
“Grand Chess Tour” loyihasining 4-turniri doirasidagi Saint Louis Rapid & Blitz musobaqasida Nodirbek Abdusattorov 9-o‘rinni egallab 9 ming AQSH dollariga ega chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov yangilangan FIDE reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollari bo‘lgan turnirda o‘z ishtirokini boshladi