07:15 / 24.08.2024
409

Roberto Manchini kashf qilgan legioner futbolchi O‘zbekistonda futbol o‘ynashni tavsiya qilmoqda

Roberto Manchini kashf qilgan legioner futbolchi O‘zbekistonda futbol o‘ynashni tavsiya qilmoqda
2018 yili “Zenit” tarkibida yangi o‘yinchi – Dmitriy Pletnyov paydo bo‘ldi-yu, keyin nomi chiqmay qoldi. Piterliklarni boshqargan italiyalik mashhur murabbiy Roberto Manchini Dmitriy Pletnyovning iqtidorini ko‘ra oldi, uni yig‘inlarga jalb etdi, bir necha oydan keyin “Zenit”ning asosiy tarkibida maydonga tushirdi.

Biroq, o‘sha o‘yin klub tarbiyalanuvchisi uchun asosiy jamoadagi birinchi, yagona va oxirgi uchrashuv bo‘lib qoldi.

Taqdir taqozosi bilan rossiyalik futbolchi Qozog‘iston va Belarus chempionatlaridan keyin O‘zbekiston Superligasi vakili “Surxon”ga kelib qoldi. Rossiyaning nufuzli nashrilaridan biri championat.com saytiga bergan intervyusida Dmitriy Pletnyov o‘zbek futboli haqida ham gapirdi.

— 2024 yilning qishida o‘zing uchun yangi mamlakat – O‘zbekistonni kashf qildingiz. Taassurotlar bilan o‘rtoqlashing...
— O‘zbekiston ajoyib mamlakat, o‘ziga xosligi, mehnatdo‘stligi yuqori darajada. Menga juda yoqdi. Toshkent – tez rivojlanayotgan zamonaviy shahar. Bu yerning odamlari juda mehribon.

— Taomlari juda mazali bo‘lsa kerak?
— O‘zbek palovi – eng zo‘r taom.

— Hozir futbol bu mamlakatda rivojlanyaptimi?
— Ha, bu yerda hamma narsa rivojlanyapti, barchasi taraqqiyot uchun qilinmoqda. Buni menga O‘zbekiston chempionati haqida ma’lumot bergan murabbiylar ham e’tirof etdi. O‘sish sur’ati oshib borayotgani shundoq sezilib turibdi.

— Nega O‘zbekistonni, xususan, “Surxon”ni tanladingiz?
— Murabbiylar shtabi bilan bog‘lanish imkoniyati paydo bo‘ldi va men o‘zimning ma’lumotlarimni yubordim. Ular ko‘rib chiqib, qiziqish bildirishdi va men bu jamoaga yo‘l oldim.

— Jamoangizning istiqboli va vazifalari qanday?
— Bu yerda musobaqa jadvali juda zich, jamoalar bir-biriga juda yaqin joylashgan, farq bir-ikki ochkoni tashkil qiladi. Oldimizga katta vazifalar qo‘yilgan, jamoa yosh va intiluvchan. Biz qiziqarli futbol o‘ynashga intilyapmiz. O‘zbekiston kubogi yarim finalida o‘ynashimiz kerak. Chempionatda ham bu oy juda muhim o‘yinlar va jadvalda yuqorilash imkoni bor.

— Nega rossiyalik futbolchilar O‘zbekiston chempionatiga o‘tishi kerak, deb hisoblayapsiz?
— Bu yerda maydonlar juda yaxshi. Shundan kelib chiqib, o‘yin tezligi baland, to‘pni pastlatib o‘ynash yaxshi darajada, rivojlanish bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Roberto Manchini kashf qilgan legioner futbolchi O‘zbekistonda futbol o‘ynashni tavsiya qilmoqda