Foto: “RPL”
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 6-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “SSKA” o‘z uyida “Akron” klubini qabul qildi.
Fayzullayev uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan harakat qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida tomonlar darvozaga yo‘l topa olmadi.
Uchrashuvning 49-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev chap qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi. Tamerlan Musayev hisobni ochdi. 60-daqiqada Oblyakov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek 79-daqiqada zaxiraga olindi. 82-daqiqada Moyzes Barboza hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 87-daqiqada Oblyakov penaltidan gol urib hisobni 4:0 ga olib keldi.
Shu tariqa, Moskvaning “SSKA” klubi 3-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
“Akron” safida harakat qiladigan yana bir o‘zbekistonlik yarim himoyachi Sherzod Esanov 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
RPL 6-tur
“SSKA” — “Akron” 4:0
24 avgust, shanba
Gollar: 1:0—Musayev (49), 2:0—Oblyakov (60), 3:0—Moyzes (82), 4:0—Oblyakov (87 penalti)
“SSKA”: Akinfeyev, Moyzes, Villian, Diveyev, Fayzullayev (Jemaletdinov, 80), Davila (Koyta, 80), Krugovoy, Gayich (Glebov, 90), Zdelar, Oblyakov (Kislyak, 90), Musayev (Shumanskiy, 90).
“Akron”: Volkov, Dimoski, Paulu Vitor, Eshkoval, Savichev, Lonchar (Xubulov, 64), Jurasovich, Paliyenko (Kuzmin, 46), Bakayev (Esanov, 64), Danilin (Dmitriyev, 73), Tavaresh (Timoshenko, 73).
Ogohlantirish: Villian (2). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi