21:13 / 26.08.2024
43

Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona"ni minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona"ni minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. 67-daqiqada Abdumannopovning jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pini Suhrob Izzatov o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Shu tariqa, "bo‘rilar" o‘z uyida mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Shatskix shogirdlari esa ochkolarini 28 taga yetkazdi.

"So‘g‘diyona" – "Paxtakor" 0:1
Gol
: Suhrob Izzatov 67 avtogol, - 0:1.

"So‘g‘diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 8.Vladimir Yovovich (6.Alisher Salimov, 76), 9.Samandar Mavlonqulov (11.Zoran Petrovich, 56), 14.Lyupcho Doriyev, 15.Xondamir Mustafoqulov, 23.Suhrob Izzatov (99.Umidbek Sultonov, 76), 28.Stanislav Andreyev, 32.Nodirjon Soyibov (82.Fazliddin Omonkeldiyev, 79), 33.Oleg Zoteyev.
Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 17.Samandar Sindarov, 22.Aleksey Nosko, 68.Sardorbek Hoshimov.

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 10.Dragan Cheran, 22.Umar Adhamzoda (30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 90), 23.Abdruaf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 33.Doniyor Abdumannopov (99.Ulug‘bek Hoshimov, 78), 40.Kimi Merk (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 44.Mahmudjon Mahammadjonov (2.Behruz Asqarov, 90+4), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Xojiakbar Alijonov, 11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: Vladimir Yovovich 21, Abdurauf Bo‘riyev 59, Dragan Cheran 70, Umidbek Sultonov 83, Vladimir Nazarov 88, Ulug‘bek Hoshimov 89, Oleg Zoteyev 90+7,
Chetlatish: Xondamir Mustafoqulov (o‘yindan keyin).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona"ni minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratdi