
O‘zbekistonlik ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga etdi.
"E’tiborlisi, ularning har ikkisi bir oila a’zolari", deb yoziladi «Kun» nashri xabarida.
Shaxmatchi qizning o‘zi ham feysbukdagi sahifasida shu haqda ma’lum qilgan.

Bungacha Nafisa Mo‘minova O‘zbekistonning birinchi ayol grossmeysteri sifatida qayd etilgandi. Endilikda uning singlisi Gulruhbegim Tohirjonovaga shunday darajaga erishdi.
Mo‘minovlar xonadonidan bo‘lgan bu ikki qiz Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilgan Butunjahon Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, terma jamoaning 22-o‘rindan joy olishida mehnat qildi. Festival vaqtida Gulruhbegim Tohirjonovaning xalqaro grossmeyster bo‘lgani rasman ma’lum qilingan.
Shu yilning 26 aprelida esa uning grossmeyster talabini bajargani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar