12:11 / 31.08.2024
64

Kamoliddin Tojiyev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Kamoliddin Tojiyev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"
O‘zbekiston Kubogi yarim finalida "Navbahor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- To‘rtta bo‘limda ham o‘yinni nazorat qildik, yaxshi o‘ynadik, vaziyatlar yaratdik. Biroq yaxshi o‘yin uchun g‘alaba berilmaydi, gol urmasak yutib bo‘lmaydi. Penaltilar seriyasiga keladigan bo‘lsak, bu yog‘i lotereya. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

- Seriyada kimlar zarba berishini murabbiy hal qiladimi?
- Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha tepadi. Avvalo o‘zlaridan so‘raymiz va keyin o‘zlari nechinchi bo‘lib tepishlarini aytishadi.

- Jamoa bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Mavsum davomida jamoada realizatsiyada muammolar bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Xo‘sh, bu muammoni to‘g‘rilash uchun qancha vaqt ketadi?
- Buni ustida ishlash kerak. Faqatgina mashg‘ulotlar orqali hal qilamiz. Boshqacha yo‘l yo‘q.

- Bugun Kimi Merk qaydnomada bor edi. Biroq u tribunadan o‘yinni tomosha qildi. Bunga sabab nima?
- U o‘zida noqulaylik his qildi. Oyoq mushaklarini tortib olgandi. Shu sababli unga dam berdik. Hali u termaga borishi kerak.

- Yaxshi o‘yin uchun minnatdorlik bildiramiz. Mag‘lubiyatning sababini nimalarda deb o‘ylaysiz?
- Bugun bizning kun emasdi. Barcha ishni qildik, vaziyatlar yaratdik, o‘yinni nazorat qildik.

- "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskixga O‘zbekiston Superkubogi o‘yini oldidan ham penaltilar bo‘yicha savol berganida, u penaltilarga ishlashdan ma’no yo‘qligini, barchasi omadga borib taqalishini aytgandi. So‘nggi bir necha sovrinlarini penaltilar orqali boy berib qo‘ygan "Paxtakor"da yoki bir necha turnirlarda penaltilar orqali mag‘lub bo‘lgan termalarimizda bu muammoni hal qilish mumkinmikin?
- Barchasi ruhiyatga bog‘liq. Mashg‘ulotlardan keyin yigitlar penaltilar, jarimalar ustida ishlashadi. Menimcha, ruhiyatga bog‘liq. Yigitlar buning ustida ishlashi kerak.

- "Paxtakor" kubokdan chiqib ketganidan keyin OCHL uchun imkoniyatlari pasaydi. Chempionatda yaqqol lider bor. Klub kelasi mavsumda jamoaning xalqaro maydonsiz qolib ketishidan qo‘rqmaydimi?
- Yo‘q, unaqasi bo‘lmaydi. "Paxtakor" har doim xalqaro maydonda bo‘ladi va oldiga chempionlik maqsadini qo‘yadi. Hali oldinda o‘yinlar juda ko‘p. Oldindan biror nima deb bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamoliddin Tojiyev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"