
Shogirdining Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari kurash bahslarida mag‘lub bo‘lganiga norozilik sifatida gilam ustida kiyimlarini echish bilan tomosha ko‘rsatgan mo‘g‘ul murabbiylari 2019 yil avgust oyigacha xalqaro musobaqalardan chetlatildi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Hodisa, mo‘g‘ul kurashchisi Mandaxnaran Ganzorigiynning o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov bilan bo‘lib o‘tgan bahsi yakunida sodir bo‘ldi. Kurashning asosiy vaqti 7:6 hisobida Mo‘g‘uliston vakili foydasiga tamom bo‘lgan va ular g‘alabani nishonlayotgan edi. Biroq, o‘zbek tomoni Navro‘zovning intilishiga qarshi mo‘g‘ul kurashchisi qasddan qochganiga norozilik bildirgach, bosh hakam hisobni o‘zgartirib, durang qayd etdi hamda musobaqa reglamentiga ko‘ra, so‘nggi ball olgan kurashchi Ixtiyor Navro‘zov g‘olib deb topildi.
Shundan so‘ng, mo‘g‘ul murabbiylari norozilik sifatida sport liboslari va maykalarini hakamlar hay’ati oldiga echib tashlashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar