17:30 / 02.09.2024
35

Sobiq UFC chempioni ajoyib taklif bilan chiqdi

Sobiq UFC chempioni ajoyib taklif bilan chiqdi
Super yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jessika Andrade (26-12) ayollar o‘rtasida BMF unvonini joriy etishga chaqirdi.

"Men Yoanna bilan gaplashdim. Agar BMF kamari tashkil etilsa, u yana oktagonga qaytishga tayyor. Yenjeychik u 57 kg vazn toifasida kurashmoqchi va bu men uchun ham juda yaxshi bo‘lardi...Bundan tashqari, hech qachon jangdan bosh tortmaydigan va hamma bilan tom ma’noda kurashadigan Anjela Xill va Valentina Shevchenko ham bor. Barcha variantlar yaxshi, ammo Yenjeychik bilan jang chindan ham o‘zgacha o‘tadi...O‘ylaymanki, agar biz jang qilsak, aql bovar qilmaydigan shou ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilamiz. Yakunda esa men mag‘lubiyatim uchun o‘ch olaman”, — deya so‘zlarini yakunladi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Yoanna Yenjeychik 2022 yilning iyun oyida "UFC 275" turnirida xitoylik Veyli Chjanga (25:3) nokaut evaziga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sobiq UFC chempioni ajoyib taklif bilan chiqdi