00:04 / 03.09.2024
54

Umar Eshmurodov: "Hech kim uch ochkoni osongina berib qo‘ymaydi. Superligamiz Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq ekan"

Umar Eshmurodov: "Hech kim uch ochkoni osongina berib qo‘ymaydi. Superligamiz Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq ekan"
Malayziyaning "Selangor" klubi va milliy terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodov terma jamoamiz yig‘inida OAV vakillariga kichik intervyu berdi.

- Siz to‘p tepayotgan Malayziya chempionati yaqinda start oldi. Avvalambor klubdagi faoliyatingiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

- Bugun terma jamoa bilan yig‘inni boshladik. Bu yig‘indan kutilmalarimiz katta. Klubimiz bilan chempionatda ikkinchi o‘rindamiz, asosiy maqsadimiz esa Chempionlar ligasi. OCHLdagi vazifa guruhdan chiqish.

- Klubingizda o‘zingizni qanday his qilmoqdasiz? Adaptatsiya jarayoni qanday kechmoqda?

- Barchasi yaxshi. Issiq havo biroz noqulaylik tug‘diryapti, xolos.

- Malayziya va O‘zbekiston chempionati o‘rtasida qanday farq bor ekan? Ikki mamlakat futboli o‘rtasidagi farqlar yoki o‘xshashliklar haqida gapirib o‘tsangiz?

- Bizning chempionatimiz kuchliroq ekanligi hech kimga sir emas, menimcha. Bu aniq narsa. Malayziyada ko‘proq legionerlar orqali klublarni kuchaytirishga harakat qilishadi. Malayziyaning xalqaro maydonlarida ishtirok etadigan klublarida legioner futbolchilar ko‘p. Shu orqali xalqaro musobaqalarda yaxshiroq natijaga erishishmoqchi. Bizning Superligamiz esa, Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq.

- Oldimizdagi ikki raqib jamoalari haqida fikr bildirib o‘tsangiz. KXDR va Qirg‘iziston terma jamoalari haqida qanday fikrdasiz?

- Qiyin raqiblar deb o‘ylayman. Maqsadimiz faqatgina g‘alaba. Maydonda kurashish kerak, sababi hech kim uch ochkoni osongina berib qo‘ymaydi. Yaxshiroq o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozonish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umar Eshmurodov: "Hech kim uch ochkoni osongina berib qo‘ymaydi. Superligamiz Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq ekan"