16:48 / 04.09.2024
53

KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o‘ynash qo‘shimcha ustunlik bermaydi"

KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o‘ynash qo‘shimcha ustunlik bermaydi"
JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - KXDR uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab mehmonlar ustozi Sim Yon Nam va futbolchi Xan Kvan Son fikrlarini bildirdi.

"Saralashdagi dastlabki bahsni O‘zbekistonga qarshi o‘tkazamiz. Bu bosqichga yetib kelgunga qadar tayyorgarlik olib bordik. Mazkur bosqich ikki jamoa uchun ham muhim va ertaga buning natijasini ko‘rishimiz mumkin", - deydi KXDR ustozi.

Xan Kvan Son (KXDR terma jamoasi futbolchisi): - Albatta shu kungacha O‘zbekistonning bir nechta o‘yinlarini ko‘rdik. Oldimizda bitta yo‘l qoldi. Buning uchun borimizni berishimiz kerak.

- Qur’a tashlanganidan so‘ng terma jamoa vakillari fikrlarini bildirib o‘tishgandi. Lekin KXDR murabbiyining fikrlari e’lon qilinmadi. Jahon chempionati saralashidagi maqsadlaringiz qanday?
- Qur’a natijalariga e’tirozim yo‘q. Guruhda kuchli raqiblar jamlangan.

- O‘zbekiston terma jamoasi haqida fikringiz qanday?
- Biz bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Asosan raqibning Osiyo kubogidagi ishtiroki orqali o‘zimizga yarasha tahlil qildik. Raqibni o‘rganishimiz asosan Osiyo kubogidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘ldi.

- Savolim futbolchiga. KXDR terma jamoasi Toshkentda sun’iy maydonda tayyorgarlik ko‘rdi. Lekin o‘yin tabiiy maydonda bo‘ladi. Bu qanchalik qiyinchilik tug‘diradi?

Xan Kvan Son (KXDR terma jamoasi futbolchisi): - O‘z yurtimizda yog‘ingarchilik bo‘lganda sun’iy maydonda shug‘ullanganmiz. O‘zbekistonga kelganimizda ham ma’lum bir sabablarga ko‘ra sun’iy qoplamali maydonda shug‘ullanishga majbur bo‘ldik.

- KXDR O‘zbekiston bilan so‘nggi marotaba o‘ynaganiga ancha bo‘ldi. Bu vaqt ichida O‘zbekiston qanchalik o‘zgargan? Bundan tashqari KXDR terma jamoasi 2010 yil Jahon chempionatiga chiqqan. Taqqoslaganda qaysi terma jamoa kuchli?
- 2010 yilgi terma jamoa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Hozirgi kundagi bor tarkibga e’tibor qaratishimiz maqsadga muvofiq bo‘lardi.

- Terma jamoangiz bu bosqichdagi uy uchrashuvlarini katta ehtimol bilan Laosda o‘tkazadi. Bu qanday ustunlik va kamchilik beradi?
- 10 sentyabr kungi uchrashuvni Laosda o‘tkazamiz. Noyabr, mart, iyun oyidagi uchrashuvlar borasida bir qarorga kelinmagan. Neytral maydonda o‘tkazish qo‘shimcha ustunlik bermaydi. Biz o‘zimizda bor masalliqdan yaxshi maxsulot yaratishimiz kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o‘ynash qo‘shimcha ustunlik bermaydi"