
O‘rta vazn toifasida (77 kg) UFC chempioni Belal Muhammad(24-3-1 N/C)ning fikricha, nigeriyalik Kamaru Usman(20-4) bilan jang Shavkat Rahmonov(18-0)ga qaraganda qiyinroq kechadi.
“Kamaru Usman – Shavkat Rahmonov juftligidan qaysi biri men uchun qiyin? Rostini aytsam, Kamaru Usman degan bo‘lardim.Chunki u katta janglar uchun tayyorgarlik borasida tajribaga ega. Bundan tashqari, stilistik jihatdan ham Kamaru eng yuqori jangchi IQ siga ega. Shu bois, shaxsan men uchun jangovar IQ darajasi menga yaqin bo‘lgan odam bilan jang qilish qiyinroq bo‘ladi”, — deya Belal Muhammad so‘zlarini keltirdi Sports Rush portali. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar