“Real” klubining braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior mamlakatda irqchilik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmas ekan, Ispaniya 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmasligi kerakligini aytdi.
“2030 yilgacha bizda o‘zgarishlar uchun juda katta vaqt bor. Umid qilamanki, Ispaniya rivojlanib, insonni terisining rangi tufayli haqorat qilish qanchalik jiddiy ekanini tushuna oladi. Menimcha, agar 2030 yilga borib vaziyat yaxshilanmasa, unda jahon chempionatini o‘tkazish uchun boshqa joy topish kerak bo‘ladi. Futbolchilar irqchilikdan aziyat chekishi mumkin bo‘lgan mamlakatda o‘zlarini qulay va xavfsiz his qila olmaydi.
Men vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilmoqchiman, chunki Ispaniyada ko‘pchilik irqchi emas. Ammo kichik guruh bor va ular yashash uchun yoqimli mamlakat imijiga ta’sir qiladi.
Men “Real Madrid”da o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Men Ispaniyani yaxshi ko‘raman, unda men va oilam uchun eng yaxshi sharoitlar mavjud. Umid qilamizki, vaziyat yaxshilanadi va 2030 yilga kelib irqchilik hodisalari soni kamayadi”, dedi Braziliya terma jamoasi futbolchisi Vinisius Junior.
Ma’lumot uchun, 2030 yilgi Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘kazilishi rejalashtirilgan. Urugvay, Argentina va Paragvay davlatlari ham bittadan o‘yinga mezbonlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»