
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov O‘zbekiston - KXDR (1:0) uchrashuvidan so‘ng OAV vakillariga intervyu berdi.
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi, ammo uch ochkoni qo‘lga kiritdik va eng muhimi shu. O‘yindan oldin ham yigitlar bilan gaplashgan edik va oson o‘yin bo‘lmasligini bilardik. Maqsadimiz uch ochkoni qo‘lga kiritish edi va biz bunga erishdik. Endi xatolar ustida ishlaymiz.
- Bugungi uchrashuvda ruhiy tomonlama bosim bo‘lmadimi?
- Hamma uchinchi bosqich boshlanganini biladi. Hozir xotirjam bo‘lishimiz va hissiyotlarga berilmasligimiz kerak.
- Bugun terma jamoamiz ancha pragmatik o‘yin namoyish etdi. Qirg‘izistonga qarshi keyingi uchrashuvda ham shunday ko‘ramizmi?
- Bu uchrashuvni qanday boshlashimizga bog‘liq. O‘yin qanday kechishidan qat’iy nazar biz faqatgina uch ochko uchun o‘ynaymiz.
- KXDR bugun qanchalik qarshilik ko‘rsata oldi?
- Hamma bu terma jamoa qanchalik intizom bilan o‘ynashini biladi.
- O‘zingiz namoyish etgan o‘yindan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Gol urmagan o‘yinimdan qoniqishim noto‘g‘ri, lekin uch ochkoni qo‘lga kiritdik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar