Foto: Paralympic
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning o‘ziga tegishli edi. Sportchi joriy 2024 yil Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 20.73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 10 taga yetdi va bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Tadqiqot: qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi
Yevroparlament rahbari Kiyevga TAURUS raketalarini yetkazib berishga chaqirdi
Harri Keyn Bundesligada rekord o‘rnatdi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Mongoliya poytaxtida o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi