
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev bilan ishlayotgan amerikalik murabbiy Xaver Mendez shogirdining keyingi jangi qachon bo‘lishini aytdi.
“Islom tuzalishini kutyapman. Menimcha, uning qo‘li hali tiklangani yo‘q. U hozir mashg‘ulot o‘tkazmayapti. Shu boisdan bu jang dekabrda bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.Yanvar yoki fevral oylarida o‘tkazilish ehtimoli ko‘proq", - dedi Mendez Ushataika You Tube kanaliga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xaver Mendez Maxachev(26-1)ning jarohati jiddiyligi bois Arman Sarukyan(22-3)ga qarshi bahs qoldirilishini xabar qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar