09:48 / 08.09.2024
8

Britaniyalik bokschi – Klichko, Usik, Fyuri va Joshua sparring uchun qancha to‘laganini aytdi

Britaniyalik bokschi – Klichko, Usik, Fyuri va Joshua sparring uchun qancha to‘laganini aytdi
Britaniyalik bokschi Deyv Allen boks bo‘yicha jahon chempionlari unga sparring uchun qancha haq to‘lashini aytdi. Bu haqida u o‘zining You Tube kanalida ma’lum qildi.

Allenning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Klichko unga taxminan 1,5 ming yevro (21 mln. 136 ming so‘m) to‘lagan. Bundan tashqari, yig‘in Alp tog‘laridagi qasrda bo‘lib o‘tgan. Biroq, navbatdagi bokschi Aleksandr Usikning lagerida vaziyat biroz yomonroq edi. Haftasiga ming yevro (14 mln. so‘m) oladigan bo‘lsa-da, Allenga Ukraina taomlari yoqmagan.

Dastlab Deyv do‘sti Tayson Fyurining lagerida bepul ishlagan, chunki o‘sha paytda u boksni ham o‘zlashtira boshlagan edi. Shuning uchun Tayson bilan sparring Allen uchun qo‘shimcha mashg‘ulot bo‘lgan. Keyinchalik u Fyuri bilan ishlagani uchun haftasiga bir necha marta taxminan 150 funt sterling (2 mln. 501 ming so‘m) ola boshladi.

Havaskor sifatida Deyv bir necha marta Entoni Joshua bilan sparringda to‘qnash kelishga muvaffaq bo‘lgan. Lekin bu uchun Allenga hech qanday pul to‘lanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Britaniyalik bokschi – Klichko, Usik, Fyuri va Joshua sparring uchun qancha to‘laganini aytdi