
Terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi to‘purar Eldor Shomurodov Qirg‘izistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
"Har bir raqibni hurmat qilamiz. Bu yerga uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik. KXDRga qarshi qiynaldik, bunday uchrashuvlar bo‘lib turadi. Dastlabki o‘yinimiz qiyin kechgani, har bir uchrashuv bunday o‘tadi degani emas. Keyingi uchrashuvlarda o‘yinimizni yaxshilab boramiz.
Muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritish. Mening fikrimcha, faqat Eron terma jamoasi bizga qarshi yopiq o‘yin olib borsa kerak. Hozir faqat Qirg‘iziston haqida o‘ylayapmiz, Qatar va BAA haqida o‘ylashga hali erta" - dedi terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar