104
Qirg‘iz Respublikasi ustozi: "Biz raqibga bir qancha noqulayliklar tug‘dirdik. Bugun ularni hayron qoldira oldik"
Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisitsin JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bunday o‘yinlarda maydonga tushish qiyin ish. Men yigitlarga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirdim. Chunki ular bu o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonida katta hajmdagi ishni bajarishdi, bizga umid bera olishdi. Biz rostdan ham ochko olishni istagandik, afsuski, buni iloji bo‘lmadi. Bu kabi yuqori darajada yetarli tajribamiz bo‘lmagani uchun emotsiyalarimizni jilovlay olmadik. Shu sababli bugungi o‘yin bizning foydamizga hal bo‘lmadi.
Tayyorgarlik uchun qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay, bugungi o‘yinga yaxshi tayyorlandik, tarkibni tanladik. Siz Alikulovni Kenjabayevga almashtirganim haqida gapirdingiz, ammo tarkibda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lgandi. O‘yin payti ham ko‘rdikki, bu o‘zgarishlar raqibga bir qancha noqulayliklar tug‘dirdi. Ikkita gol urdik, ammo qayerdadir biroz tavakkal qildik. Futbolda tavakkal qilish kerak.
Bugun raqibni kutilmagan holatlar bilan hayron qoldira oldik. Har safar ham bunday bo‘lmadi, raqibga ham yetarlicha ko‘p imkoniyat qoldirdik va ular o‘z vaziyatlaridan foydalanib ketishdi. Biz kerakli xulosani chiqaramiz va tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz. Bunday o‘yinlar jamoa uchun, ayniqsa, yosh futbolchilar uchun tajriba bo‘ladi. Keyingi yig‘inlarda yanada kuchliroq bo‘la olamiz deb o‘ylayman", - deydi Maksim Lisitsin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari