17:24 / 11.09.2024
167

Eron bosh murabbiyi: O‘zbekistonda ham, bizda ham 6 ochko bor. "Bunyodkor"dagi o‘yin qiyin bo‘ladi

Eron bosh murabbiyi: O‘zbekistonda ham, bizda ham 6 ochko bor. "Bunyodkor"dagi o‘yin qiyin bo‘ladi
"JCH-2026" saralashi doirasidagi BAA - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Mehdi Gayedi tomonidan kiritildi. Uchrashuvdan so‘ng forslar ustozi Amir Galenoi matbuot anjumanida qatnashdi.

- Uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz!

- "Uch yoki to‘rtta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishimiz mumkin bo‘lgan o‘yinda deyarli durang o‘ynadik. Biz Qatardagi Osiyo kubogida ham BAA bilan o‘ynagandik va bu safar ham ularning kuchli tomonlarini analiz qilgan edik. Janob Bentu ancha kuchli jamoa qura oldi, u so‘nggi yillarda BAAning eng yaxshi jamoalaridan birini qurdi. Ikkinchidan, bu o‘yin uchun futbolni tabriklashim kerak, ammo bu o‘yinda deyarli jazolandik.

- Jamoaning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz? O‘yindan oldingi matbuot anjumanida bugun biz yirikroq hisobda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz degan edingiz. Ammo bu safar ham atigi bitta gol urildi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Ha, shunday degandim. Futbolchilarga rahmat aytishdan tashqari, 90 foiz imkoniyatni golga aylantira olmaganimizdan shikoyat ham qilaman. Bu - futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Lekin baxtimizga bugun jazolanmadik. Murabbiylarim bilan mavjud muammolarni hal qilishimiz kerak. Ayniqsa, birinchi bo‘limda oldinda to‘pni ko‘p yo‘qotdik, havodan uzatmalarimiz ham 90 foiz noaniq bo‘ldi. Bu haqda o‘ylashimiz kerak. Bundan tashqari, BAAda so‘nggi yillarni oladigan bo‘lsak, u qadar yangi kuchli jamoa bo‘lmagan. Men yana bir bor Bentuni tabriklayman.

Bugungi bahsga kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham rahmat aytaman. Ularning soni kam bo‘lsa ham, ular stadionni "yondirishdi".

- Guruhda O‘zbekiston va Eronda 6 ochkodan mavjud. Keyingi o‘yin aynan safarda O‘zbekistonga qarshi bo‘ladi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Keyingi o‘yinga bir oy vaqtimiz bor. Bungacha Alirizo Jahonbaxsh, Saman Gaddos va Said Izzatullohi kabi yetakchilarimiz o‘z formasiga qaytishiga umid qilamiz. Tanqid yaxshi va yaxshilanishga olib keladi, ammo tanqid jamoaga yordam beradi. 6 ochko jamg‘ardik va darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Bu yaxshi statistika, lekin futbolchilarimdan ko‘proq narsani kutaman va biz yuqori saviyada o‘ynay olamiz. O‘zbekiston bilan o‘yin qiyin o‘tadi, ammo biz yaxshiroq holatda bo‘lamiz deb o‘ylayman", - dedi forslar ustozi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron bosh murabbiyi: O‘zbekistonda ham, bizda ham 6 ochko bor. "Bunyodkor"dagi o‘yin qiyin bo‘ladi