Ayni paytda Toshkentning “Lokomotiv” klubida bosh murabbiy rolida ishlayotgan rossiyalik Aleksandr Krestininning tashrif qog‘ozi Qirg‘iziston terma jamoasidagi faoliyati bilan bog‘liq.
Chunki u bir necha Qirg‘iziston terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan. Shuning uchun Aleksandr Sergeyevich ham ushbu bellashuvga befarq emasdi. Sports.uz jurnalisti Krestininning sobiq terma jamoasi ishtirokidagi o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
- Bishkekda mana shunday o‘yin bo‘lishini tasavvur qilganmidingiz?
- Ha, taxmin qilgandim. Qirg‘iziston Toshkentda o‘ynagan. Nimaga endi, O‘zbekiston Bishkekda o‘ynamaydi? Boz ustiga bu rasmiy maqomdagi musobaqa. Qur’a bo‘yicha shunday taqvim yuzaga keldi va bu mantiqan to‘g‘ri.
- O‘zbekiston terma jamoasi nimaning evaziga g‘alaba qozondi, deb o‘ylaysiz?
- O‘yin juda ham qiyin o‘tdi. Gollarga boy bo‘ldi va jamoalar tomonidan 5 ta gol urildi. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi va shuning hisobiga g‘alaba qozondi.
- Qirg‘iziston sizni nimasi bilan hayron qoldirdi?
- Qirg‘iziston terma jamoasi meni hech nima bilan hayron qoldirgani yo‘q. Chunki u yerdagi o‘yinchilar asosan men paytimda to‘p surgan futbolchilar. Ular bilan birga ishlaganman. Katta ishtiyoq bilan o‘ynashdi va yaxshi o‘yin tashkil qilishdi. Bu murabbiyning xizmati. Ikkita uchrashuvdan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.
- “Lokomotiv”dagi shogirdingiz Valeriy Kichinning o‘yinini qanday baholaysiz?
- Valeriy ikkala uchrashuvni yuqori darajada o‘tkazdi. U jamoa uchun juda muhim o‘yinchi va jamoa sardori. Yana bir bor bunday qiyin va murakkab uchrashuvlarda yuqori saviyali futbolchiligini ko‘rsatdi.
- Siz uchun maydondagi eng xavfli va faol futbolchi kim bo‘ldi?
- Men hech kimni alohida ko‘rsatib o‘tirmoqchi emasman. Chunki uchrashuvda kimdir xet-trik qilgani yo‘q. Shuni ta’kidlab o‘tardimki, ikkala jamoa ham maqsadga erishish uchun yuqori saviyadagi yaxshi o‘yinni ko‘rsatishdi.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari