14:05 / 13.09.2024
94

JCH-2026 saralashi. Osiyo jamoalarining mundialga yo‘l olish imkoni qayta hisoblandi

JCH-2026 saralashi. Osiyo jamoalarining mundialga yo‘l olish imkoni qayta hisoblandi
Foto: “O‘FA”
We Global Football portali O‘zbekiston milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini 76 foizga baholamoqda.

Manbaga ko‘ra, Qirg‘iziston ustidan mehmonda erishilgan 3 ochkodan so‘ng Srechko Katanes shogirdlarining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 70,3 foizdan 75,9 ga ko‘tarildi. Terma jamoaning guruhda qolib ketish imkoniyati 1 foizni ham tashkil etmaydi. O‘zbekiston jamoasining guruhda 3—4-o‘rinni olib, saralashning 4-bosqichiga yo‘l olish imkoni 23,8 foizga baholangan.

Jamoaning birinchi o‘rinda guruhni yakunlash imkoniyati 19 foizga, 2-o‘rin bilan Jahon chempionatiga yo‘l olish imkoni esa 57,3 foizga baholangan.

Foto: We Global
A guruhida mundialga chiqish uchun asosiy favorit sifatida Eron milliy jamoasi ko‘rsatilgan. Ushbu jamoaning mundialga chiqish imkoniyati 96 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, Eron saralashning 2-turida safarda BAA terma jamoasini kichik hisobda mag‘lub etdi. Fors jamoasi birinchi turda o‘z uyida Qirg‘iziston ustidan ham kichik hisobda ustun kelgandi.

Uchinchi turda O‘zbekiston va Eron termalari to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv 10 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 saralashi. Osiyo jamoalarining mundialga yo‘l olish imkoni qayta hisoblandi