20:28 / 13.09.2024
25

Superliga. “So‘g‘diyona” so‘nggi daqiqalarida gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “So‘g‘diyona” so‘nggi daqiqalarida gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: So‘g‘diyona
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-tur o‘yinlari 13 sentyabr, juma kuni start oldi.

Yangi tur “Qizilqum” va “So‘g‘diyona”ning bahsi bilan boshlandi. Birinchi bo‘limda jamoalar darvoza tomon yo‘l topa olmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham tomoshabinlar xavfli vaziyatlarga guvoh bo‘ldi. 73-daqiqaga kelib, navoiyliklar hisobni ochdi. Muhammadali G‘iyosov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

O‘yin yakunida, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Doriyevning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Oleg Zoteyev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

Superliga
18-tur

13 sentyabr, juma

“Qizilqum” – “So‘g‘diyona” 1:1
Gollar
: 1:0 — 73 G‘iyosov, 1:1 — 90+2 Zoteyev.

“Qizilqum”: 12. Robert Ozols, 4. Ilhom Vahobov, 6. Asror G‘afurov, 10. Elguja Lobjanidze, 11. Akaki Shulaya, 13. Nikolay Tarasov, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 18. Baxtiyorjon Qosimov (22. Shahzodbek Rahmatullayev, 71), 25. Azizbek Usmonov, 77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (8. Giorgi Kuxianidze, 61).

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 6. Alisher Salimov (5. Jasur Yoqubov, 69), 14. Lyupcho Doriyev, 23. Suhrob Izzatov, 28. Stanislav Andreyev (7. Muhammadsafo Fozilov, 46), 32. Nodirjon Soyibov, 33. Oleg Zoteyev, 68. Sardorbek Hoshimov (9. Samandar Mavlonqulov, 46), 99. Umidbek Sultonov.

Ogohlantirish: Nikolay Tarasov (70), Giorgi Kuxianidze (80).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “So‘g‘diyona” so‘nggi daqiqalarida gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi