13:50 / 15.09.2024
21

Argentina bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Paragvayni qo‘rqmay, kuchli terma jamoa deb ayta olaman"

Argentina bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Paragvayni qo‘rqmay, kuchli terma jamoa deb ayta olaman"
Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lyukuiks Jahon chempionati startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday o‘tdi? Ukrainaga qarshi dastlabki uchrashuvga tayyormisizlar?
- Biz uzoq vaqt davomida tayyorgarlik yig‘inlarini o‘tkazdik va tayyorgarlik bo‘yicha xotirjammiz. Ukrainadek kuchli terma jamoaga qarshi o‘ynash oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz o‘zimiz nimalarga qodir ekanligimizni bilamiz. Men mundialdagi debyut uchrashuv bo‘yicha to‘liq xotirjamman.

- Guruhdagi raqiblar haqida gapirib o‘tsangiz?
- Guruhimizda turli xil jamoalar to‘plangan. Uchta raqibimiz ham zamonaviy futzaldan xabari bor jamoalar va har bir jamoa o‘zgacha o‘yin uslubiga ega. Guruh bosqichida oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz nima qilishni va qaysi raqibga qarshi qanday o‘ynashni bilamiz. Muhimi, keyingi bosqichga yo‘l olishimiz.

- Paragvay terma jamoasi O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqibi. Paragvay terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz?
- Paragvay bilan bir qit’ada o‘ynaymiz va ushbu terma jamoa juda kuchli ekanligini ayta olaman. O‘zbekiston - Paragvay bahsida kichik detallar o‘yin natijasiga ta’sir qilishiga ishonchim komil. O‘zbekistondagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ham o‘z so‘zini aytmay qolmaydi. Ikki mamlakat o‘rtasida ancha qiziq uchrashuv bo‘lishini taxmin qilishim mumkin.

- Argentina 2016 yilda Jahon chempioni bo‘lgandi, so‘nggi mundialda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Bu safargi Jahon chempionatidagi maqsadlar qanday?
- Biz maqsadimiz mundialda so‘nggi kunga qadar ishtirok etish va 7ta uchrashuvda ishtirok etish. Bizning yelkamizda qanday mas’uliyat borligini his qilyapmiz va shu sababli vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz. Biz bunga 10 hafta davomida tayyorgarlik ko‘rgandik.

- Jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun qaysi jamoalar asosiy da’vogarlar deb o‘ylaysiz?
- Ko‘pgina jamoalarni favorit deb ayta olaman. Masalan, Portugaliya, Ispaniya, Braziliya, Eron va boshqalar. 7-8ta terma jamoa mundialda chempionlikni qo‘lga kiritish uchun da’vogar. Barcha jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng, sababi bunday musobaqalarda kutilmagan natijalar tez-tez uchrab turadi. Favoritlar orasida yo‘q, ammo so‘nggi yillarda yaxshi o‘sishga erishgan terma jamoalar ham bizni yaxshi ma’noda hayron qoldirishi mumkin. Natija qanday bo‘lishini yaqin bir oy ichida bilib olamiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Argentina bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Paragvayni qo‘rqmay, kuchli terma jamoa deb ayta olaman"