
Las-Vegasdagi T-Mobile Arena'da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Ushbu boks kechasining asosiy jangi super o‘rta vazn toifasining WBA, WBC va WBO kamarlari uchun Saul Alvares hamda Edgar Berlanga o‘rtasida kechdi.
To‘liq 12 raund davom etgan jangda Saul Alvares ochkolar evaziga (117-110, 118-109, 118-109) g‘alaba qozondi va kamarlarini himoya qildi.
Qayd etish lozim, Kanelo 3-raundda raqibi Berlangani nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Saul bundan avval hakamlar qaroriga ko‘ra Hayme Mungiyani mag‘lub etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar