15:50 / 16.09.2024
51

UFC'ning yangi chempioni Habibning ukasi bilan jang qilmoqchi emas

UFC'ning yangi chempioni Habibning ukasi bilan jang qilmoqchi emas
Foto: UFC
Aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha kelib chiqishi gruzin bo‘lgan amerikalik jangchi, yengil vazn toifasida Ultimate Fighting Championship (UFC)ning yangi chempioni Merab Dvalishvili nega rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilishni istamasligini tushuntirdi.

Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 306 musobaqasida Dvalishvili Shon O‘Mellini hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi va amerikalik sportchidan kamarni tortib oldi. Oldinroq promouterlik rahbari Dana Uayt Nurmagomedov chempionlik uchun majburiy da’vogarga aylanishini aytgan edi.

Umar yomon jangchi emas, lekin reytingning eng yaxshi 15 ligida u faqat bitta jangda g‘alaba qozondi. Aljameyn (Sterling) bugun Umar yutgan Sendhagenni birinchi raundda “uxlatib qo‘ydi”. Nurmagomedov birinchi navbatda Pyotr Yan bilan jang qilib ko‘rsin”, dedi yangi chempion matbuot anjumanida.

Merab Dvalishvili keyingi jangini braziliyalik Deyvson Figeredoga qarshi o‘tkazmoqchi ekanini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC'ning yangi chempioni Habibning ukasi bilan jang qilmoqchi emas