16:13 / 16.09.2024
38

Oppoq cho‘l bo‘ylab: eko-marafonchilar Orol tubi bo‘ylab 42 kilometr yugurishdi

Oppoq cho‘l bo‘ylab: eko-marafonchilar Orol tubi bo‘ylab 42 kilometr yugurishdi
14–15 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi noyob tabiiy maskan – Borsakelmas hududida «Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz» xalqaro ekomarafoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan ProRun yugurish maktabi hamda «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Joriy yilda marafonda rekord darajadagi – O‘zbekiston, Hindiston, Keniya, Togo, Sudan, Iordaniya, Ispaniya, Kanada, Daniya, Belarus, Rossiya kabi 11 davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi. Yuguruvchilar orasida Nike kompaniyasining musulmon ayollar o‘rtasida yugurishni targ‘ib qiluvchi elchisi Farah Majid va Adidas vakili G‘ani Sulaymon bor. Ishtirokchilarning turli davlatlardan ekanligi tadbirning xalqaro maqomga ega ekanligini va tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatadi.

Ishtirokchilar xavfsizligi va qulaylikni ta’minlash maqsadida marafonni tashkil etishga 200 kishi jalb etildi. Ikki kunlik tadbir dasturida o‘tov lagerida joylashtirish, madaniy dastur, etno-shou, Borsakelmas sho‘rxok hududiga sayohat, 42 km marafon, 21 km yarim marafon va 5 hamda 10 km masofaga yugurish o‘rin oldi.

Ta’kidlash joizki, Borsakelmas marafoni nafaqat sport tadbiriga, balki inson va tabiat birligining haqiqiy bayramiga aylandi. U sport nafaqat musobaqa, balki atrofimizdagi hayratlanarli olamni kashf etish va uni asrab-avaylashga hissa qo‘shish vositasi bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Ushbu marafon yuguruvchilarni, ekoturistlarni va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilayotganlarni sayyoradagi noyob joylarni saqlash uchun yagona harakatga birlashtirdi. Ishtirokchilarga haqiqatan ham muhim bo‘lgan tabiatimizni qo‘llab-quvvatlab, o‘z kuch va matonatini namoyish qilish imkoniyati berildi.

Tashkilotchilar Borsakelmas marafoni har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylanib, ishtirokchilar va e’tiborni ekologik muammolar va noyob tabiiy obyektlarni asrab-avaylash masalalariga tobora ko‘proq jalb etishiga umid bildirishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oppoq cho‘l bo‘ylab: eko-marafonchilar Orol tubi bo‘ylab 42 kilometr yugurishdi