Futzal bo‘yicha Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya - Qozog‘iston (1:1) uchrashuvidan so‘ng Qozog‘iston terma jamoasi sardori Leo Igita saytimizga kichik intervyu berdi.
"Uchrashuv biz kutganimizdek qiyin bo‘ldi. Arenani to‘ldirgan muxlislarga ham rahmat. Ispaniya Jahon chempionatining uch asosiy da’vogaridan biri. Qozoq futzali o‘sib borayotganidan xursandman. Ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish juda yoqimli. 10 yil avval faqatgina men asosiy futzalchi edim, hozir esa raqobatdoshlari juda ko‘p. Yosh futzalchilarimiz bugun katta tajriba orttirishdi. Endi Liviya va Yangi Zelandiyani mag‘lub etishimiz kerak. Birinchi navbatda g‘alaba qozonishimiz, keyin esa imkon qadar ko‘proq gol urib olishimiz kerak. To‘plar nisbati kim guruhdan birinchi o‘rinni egallashini aniqlab beradi" - deya fikr bildirdi Leo Igita
- Qozog‘iston va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bunday prinsipiallikning sababi nimada? JCH-2016 nimchorak final bahsidagi uchrashuv bunga sababmi?
- Buning sababi ikki jamoa ham mag‘lub bo‘lishini istamasligida. Qozog‘iston futzali rivojlanib bormoqda va Ispaniya biz bilan to‘qnash kelganda har safar ko‘proq qarshilikka duch kelyapti. O‘zbekistonda ham futzal rivojlanib bormoqda deya olaman. Hozirgi kunda hech qaysi bir terma jamoa darvozasiga 10-15ta gol ura olmaysiz, avvallari bunday natijalar kuzatilib turardi. Bizning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz kundan-kunga ortib bormoqda. Biz ham imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishni ko‘zlayapmiz.
- Qozog‘iston ushbu Jahon chempionatida o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan? Qaysi bosqichdagi ishtirok Qozog‘iston uchun yaxshi natija deb hisoblanadi?
- Asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Guruhda birinchi o‘rinni egallashga harakat qilamiz, ammo bu oson vazifa emas. Pley-off bosqichi esa umuman boshqa masala. Nimchorak final va chorak finallar bu boshqa daraja. Hozirgi kunda faqatgina Liviya va Yangi Zelandiyani mag‘lub etish haqida o‘ylamoqdamiz.
- Tasavvur qiling, agarda Braziliya terma jamoasi Qozog‘iston bilan to‘qnash kelib qolishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
- Litvadagi Jahon chempionatida Braziliyaga qarshi o‘ynadik. Albatta, bu ikkilamchi hissiyot. Braziliya madhiyasi yangrayotgan chog‘i ichimdan qanday hissiyotlar o‘tganini faqatgina o‘zim bilaman, ammo hakam hushtagidan so‘ng e’tiborimni darvozani qo‘riqlashga qarataman. To‘g‘ri, asli braziliyalikman, lekin mening vatanim Qozog‘iston. Ushbu mamlakat menga ko‘p narsa berdi va qalbim Qozog‘iston uchun borimni berishim kerakligini aytib turadi.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi