43
"Al Vasl" ustozi: "Paxtakor" joriy mavsum ko‘p gol urmagan bo‘lsa ham, kam gol o‘tkazgan, ya’ni jamoa o‘yinida tartib bor"
Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Al Vasl" (BAA) uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda "Al Vasl" bosh murabbiyi Milosh Miloyevich ishtirok etdi.
- "Paxtakor"ga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida qanday fikrdasiz?
- Ertaga bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Paxtakor" tashkiliy jihatdan juda intizomli va tartibli jamoa sanaladi. Ularning o‘yinlarini ko‘rib chiqib shunga amin bo‘ldikki, jamoa futbolchilari murabbiy ko‘rsatmasini to‘la-to‘kis bajarishadi. "Paxtakor"ga hurmat saqlagan holda shuni aytishim mumkinki, biz ham eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- Jamoada kichik muammolar bor edi. Ertangi o‘yin oldidan ushbu muammolar bartaraf etiladimi?
- Ha, bizda yo‘qotishlar bor. Ertaga uch balki undan ko‘p futbolchilar xizmatidan foydalana olmaymiz. Shunga qaramay, ular o‘rnini boshqa futbolchilar bilan to‘ldirib, ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bizda saviyali o‘yinchilar yetarlicha.
- Jamoaning jismoniy holati qay darajada? Sababi jamoa har 3-4 kunda maydonga tushishga majbur bo‘lmoqda.
- Biz shunday tig‘iz taqvimda o‘ynashga majburmiz. Lekin bu holat faqat bizda emas, balki global muammo sanaladi. Shunday ekan, jamoa keyingi o‘yinga juda tez fursatda tayyorgarlik ko‘rishi kerak. To‘g‘ri, taqvim tig‘iz, lekin tez-tez futbol o‘ynab turish futbolchilarning o‘ziga ham yoqadi.
- Jamoalarning transfer qiymati va boshqa jihatlar bo‘yicha tavofut katta. "Al Vasl" bu borada qog‘ozda sezilarli ustunlikka ega. Bu jamoangizning kuchliligidan darak beradimi?
- Agar siz aytayotgan jihatlar bo‘yicha favorit hisoblansak, bundan xursandman. Ammo hozirda ko‘pchilik Transfermarkt'dagi narxi va boshqa ko‘rsatkichlariga qiziqib qolgan, ya’ni ko‘pchilik futbolga tashqaridan qaraydi. Bunday e’tirofdan xursandman, lekin jamoamni yaqqol favorit deb hisoblamayman. Jamoaning Chempionlar Ligasidagi oxirgi o‘yinlarini ko‘rib, shunday xulosaga kelish mumkinki, ular, ayniqsa, o‘z maydonida ko‘p jamoaga boshog‘riq tug‘diradi. Transfer narxi bir jamoani ikkinchisidan yaqqol favorit qilib qo‘ymaydi.
- "Paxtakor"ning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari haqida gapirdingiz, biroq jamoa joriy mavsum jamoani yoshartirish yo‘lidan yurmoqda. Bunga qanday qaraysiz? Yosh jamoaga qarshi qanday o‘yin taklif qila olasiz?
- To‘g‘ri, jamoaning o‘tgan yilgi va hozirgi o‘yinlarini solishtirganda, farq ko‘zga tashlanadi. Biroq jamoada yaxshi avlod yetishib chiqmoqda. Yosh jamoaga qarshi o‘ynashning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Masalan, "Paxtakor" joriy mavsum ko‘p gol urmagan bo‘lsa ham, kam gol o‘tkazgan, ya’ni jamoa o‘yinida tartib bor. Shu jihatlar bizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Lekin biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushishimizdan qat’i nazar, dastlabki daqiqalardan o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qialmiz.
- Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi nimalardan iborat?
- Biz o‘tgan yili bu yerga kelishga, ya’ni OCHLda ishtirok etishga arziydigan natija ko‘rsatdik. Biz bunga haqlimiz. O‘yindan o‘yinga kuchayib, har bir o‘yinda ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Qanday musobaqada ishtirok etmaylik, o‘z o‘yinimiz orqali 3 ochko qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi