00:15 / 17.09.2024
15

Abduqodir Manchesterga 60 million yevroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...

Abduqodir Manchesterga 60 million yevroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...
Fransiya chempionatining to‘rtinchi turida “Lans” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Lion” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Ushbu bahsda hisob ochilmadi. Har ikki jamoa kuchli hujum chizig‘iga ega bo‘lsa-da, himoyachilar bexato va ishonchli o‘ynadi. Lansliklarning darvozasi daxlsiz saqlanib qolishiga himoya chizig‘ini boshqargan Husanovning xizmati katta bo‘ldi.

Chempionatni Kevin Dansoning o‘rinbosari sifatida boshlagan 20 yoshli legionerimiz hozirgacha Liga 1 doirasida o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvda ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi va endi haqli ravishda asosiy tarkibdan muqim joy olishga jiddiy da’vogarlik qilmoqda.

“Lans” to‘rtta uchrashuvda atigi bitta gol o‘tkazgan. Bu borada lansliklar “Monako” bilan bir xil ko‘rsatkichga ega va ligada eng kam to‘p o‘tkazgan jamoalar hisobalanadi. Qizig‘i shundaki, bu golni “Lans” va “Monako” o‘zaro uchrashuvda bir birining darvozasiga kiritgan.

“Lion” bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin lensois.com portali an’anaga ko‘ra, “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisini jamoa muxlislari o‘rtasida ovoz berish yo‘li bilan aniqladi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Abduqodir Husanov yana jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Ovoz berish natijalari quyidagicha bo‘ldi:
- Abduqodir Husanov: 47,99%
- Bris Samba: 39,95%
- Endi Diuf: 5,63%
- Boshqalar: 3 foizdan kam.

LENSOIS.COM eksperti Kristof Shaad izohi:

Endi “Lans” Husanovga to‘liq suyanishi mumkin. Yosh o‘zbek futbolchisi himoya markazida Kevin Dansoning o‘rnini ishonchli va mustahkam egallab bo‘ldi. Raqibning hujum chizig‘ida Gift Orban va tajrabali Aleksandr Lyakazett kabi mohir to‘purarlar o‘ynadi. Garchi oson bo‘lmasa-da, 20 yoshli o‘zbek legioneri ishonchli o‘yini bilan Liga 1 da xuddi 200-uchrashuvini o‘tkazayotgandek taassurot qoldirdi.

508GT:
Husanov qanday zo‘r o‘yinchi! Salohiyati juda yuqori, tez orada Kevin Dansodan ancha kuchli himoyachiga aylanadi. To‘g‘risini aytsam, u meni qoyil qoldirdi. Tabriklayman.

Sly62:
508GT nikli muxlis gapiga to‘liq qo‘shilaman. Abduqodir o‘tgan mavsum ham ajoyib o‘ynagan, o‘z salohiyatini namoyish qilgandi. Endi Kevin Danso safga qaytsa, Husanovning emas, Jonatan Graditning o‘rniga boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirish kerak.

Olivier 6:
Danso qaytsa nima bo‘ladi? Bu eng muhim savol. Biz Husanovdek o‘yinchini yana zaxiraga mixlab qo‘yishlarini istamaymiz.

ricou62:
Danso baribir ketadi, balki umuman futbol o‘ynamas. Kelajak Abduqodir Husanovniki.

CedricD:
Husanov haqiqatan ham hayratga soldi. Endi Graditni dam olishga jo‘natib, himoya markazida Husanov va Danso juftligini o‘ynatish kerak.

Brunodu77:
Husanov 20 yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘plab muxlisu mutaxassislarning e’tiborini qozondi. Biz hali ishlov berilmagan olmosga egamiz. Abduqodir Manchesterga 60 million yevroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli. Yaqin kelajakda klubimiz transfer rekordini yangilaydigan ko‘rinadi.

Abduqodir Husanov yangi mavsumda Liga 1 doirasida to‘rtta, Konferensiyalar ligasida ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Manchesterga 60 million yevroga ketgan Leni Yorodan ancha kuchli...
ePN