Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat olamining eng nufuzli musobaqasi hisoblangan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Butun dunyodan 200 ga yaqin davlat terma jamoalar erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Olimpiada ishtirokchilarining umumiy soni 630 nafar sportchini tashkil qilmoqda. Ulardan 246 nafar grossmeysterlardir.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltinchi turda Isroil shaxmatchilariga qarshi dona surib, 2,5:1,5 hisobida zafar quchdi.
Grossmeysterlar to‘qnashuvida Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev mos ravishda Maksim Rodshteyn va Ido Gorshteynni mot qilgan bo‘lsa, mag‘lubiyasiz o‘ynayotgan Shamsiddin Vohidov Ilya Smirin bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindorov kutilmaganda Tamir Nabatiga yutqazib qo‘ydi.
Umumiy hisobdagi g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Shaxmatchi yigitlarimiz navbatdagi turda kuchli raqib – Ukraina terma jamoasiga qarshi dona suradi.
Xotin-qizlar musobaqasida shaxmatchilarimiz oltinchi turni niderlandiyaliklarga qarshi o‘tkazib, umumiy hisobda 2:2 natijasi bilan durangga erishdi.
Birinchi va ikkinchi taxtada o‘ynagan Afruza Hamdamova hamda Nilufar Yoqubboyeva raqiblari – Elin Roybers va Jaokin Peng bilan ochko bo‘lishdi. Umida Omonova Machteld van Forestga qashrshi o‘tkazilgan bahsda musobaqadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Nodira Nodirjonova Anna-Mayya Kaziryandan ustun kelib, terma jamoamiz uchun durang natijani ta’minladi.
O‘zbekistonlik shaxmat malikalari yettinchi tur oldidan 16-pog‘onada bormoqda. Endi ular navbatdagi raundda Gretsiya vakillari bilan kuch sinashadi.
Musobaqa qoidasiga ko‘ra, har bir terma jamoa besh nafar shaxmatchilan tarkib topadi. Har turda ulardan to‘rt nafari dona suradi va bittasi zaxira o‘yinchisi vazifasini bajaradi. Musobaqa shveysarcha tizimda 11 raunddan iborat bo‘ladi.
Vaqt nazorati 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, o‘yin tugashigacha 30 daqiqa qo‘shiladi, har bir yurish uchun birinchisidan boshlab +30 soniya beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi