08:52 / 18.09.2024
66

"Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev “Quvayt SK”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

"Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev “Quvayt SK”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
OCHL 2 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan “Quvayt SK”ga qarshi uchrashuv oldidan “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa himoyachisi G‘olib G‘aybullayevlar o‘yinoldi matbuot matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Bo‘lajak o‘yin haqida

Ro‘ziqul Berdiyev: Avvalo biz yana xalqaro chempionatda ishtirok etayotganimizdan xursand ekanimizni aytib o‘tmoqchiman. 4-5 yildan buyon muntazam xalqaro maydonlarda o‘ynab kelayapmiz. Guruhdagi har bir raqibimiz jiddiy, albatta biz ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz. Raqib jamoa haqida aytadigan bo‘lsam, “Quvayt SK” o‘z chempionatining eng kuchli klublaridan biri. Tarkibida bir qator tajribali va taniqli nomlar bor. Biz ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga chiqamiz. Shunday bo‘lsa ham, maqsadimiz faqat ijobiy natijaga qaratiladi.

G‘olib G‘aybullayev: - Albatta, bizni ertaga nufuzli chempionatdagi jiddiy o‘yin kutib turibdi. Raqibimiz ham jiddiy, shu boisdan ham uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘rdik. Ertangi o‘yindagi maqsadimiz faqat g‘alabaga qaratilgan va ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz.

– Ertaga raqib bo‘ladigan ikki jamoa natijalarini solishtirganda, imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

Ro‘ziqul Berdiyev: - Albatta, hozirda har ikki jamoa ham qayd etayotgan natijalar yaxshi. Demak, ertangi o‘yinga ikki jamoa ham yaxshi holatda yetib keldi. “Quvayt SK” jamoasini o‘rganib chiqdik, jamoa chempionat endigina boshlanganiga qaramasdan 4 ta o‘yinda 4 ta g‘alabaga erishgan. Jami 15 ta gol urib, 1 ta to‘p o‘tkazib yuborishibdi. Albatta, ertaga biz uchun ham, mezbon jamoa uchun ham jiddiy o‘yin bo‘lishiga shubha yo‘q.

– “Quvayt SK” jamoasi futbolchilari haqida fikringiz qanday? Ularning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

G‘olib G‘aybullayev
: - Albatta, “Quvayt SK” jamoasi safida kuchli futbolchilar jam bo‘lgan. O‘z mamlakati terma jamoasining o‘zagi deb hisoblasa ham bo‘ladi. Biz raqibning qaysidir futbolchisi uchun alohida tayyorgarlik ko‘rmadik. O‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rgan holda butun jamoaga qarshi kurashishni maqsad qilganmiz. Aytib o‘tganimdek, maqsadimiz faqat ijobiy natijaga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev “Quvayt SK”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
ePN