09:46 / 20.09.2024
141

Fayzullayev muxlislariga yaxshi xabar!

Fayzullayev muxlislariga yaxshi xabar!
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Rossiya Premer-ligasini alohida qiziqish bilan kuzatib boradi. Chunki bu mamlakatda har doim o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari yorqin faoliyat yuritib kelgan.

O‘tgan mavsumda Abbosbek Fayzullayev SSKAda, Rustamjon Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev “Rubin”da to‘p tepgan bo‘lsa, joriy chempionatda legionerlarimiz safi kengaydi. Xususan, Premer-liga debyutanti “Akron” o‘z safiga Sherzod Esonovni qo‘shib oldi, Alisher Odilov faoliyatini “Ximki”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Rossiyadagi legionerlar orasida eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgani Abbosbek Fayzullayev bo‘lib turibdi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan va maxsus sovrin bilan taqdirlangan edi.

Endi Abbosbek Fayzullayevning muxlislari yana bir xushxabarni nishonlashlari mumkin.

Rossiya futbol ittifoqi 2023-2024 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha an’anaviy tarzda tuziladigan eng zo‘r 33 nafar futbolchi ro‘yxatini tasdiqladi. Abbosbek Fayzullayev legioner sifatidagi debyut mavsumidayoq eng kuchli futbolchilar qatoridan joy oldi.

Rasman e’lon qilingan umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: Matvey Safonov («Krasnodar»), Ilya Lantratov («Lokomotiv», Moskva), Yevgeniy Latishonok («Baltika», Kaliningrad).

O‘ng qanot himoyachilari: Sergey Volkov («Krasnodar»), Vyacheslav Karavayev («Zenit», Sankt-Peterburg), Aleksandr Silyanov («Lokomotiv», Moskva).

O‘ng tomon markaziy himoyachilari: Villian Rosha (SSKA, Moskva), Straxinya Erakovich («Zenit», Sankt-Peterburg), Aleksandr Soldatenkov («Krilya Sovetov», Samara).

Chap tomon markaziy himoyachilari: Xunior Alonso («Krasnodar»), Moyzes Barboza (SSKA, Moskva), Maksim Osipenko («Rostov», Rostov).

Chap qanot himoyachilari: Duglas Santos («Zenit», Sankt-Peterburg), Yuriy Gorshkov («Krilya Sovetov», Samara), Daniil Xlusevich («Spartak», Moskva).

O‘ng qanot yarim himoyachilari: Maksim Glushenkov («Lokomotiv», Moskva), Benxamin Garre («Krilya Sovetov», Samara), Ivan Oblyakov (SSKA, Moskva).

O‘ng tomon markaziy yarim himoyachilari: Vilmar Barrios («Zenit», Sankt-Peterburg), Klaudino («Zenit», Sankt-Peterburg), Daniil Glebov («Rostov», Rostov).

Chap tomon markaziy yarim himoyachilari: Vendel («Zenit», Sankt-Peterburg), Eduard Spersyan («Krasnodar»), Diyego Laksalt («Dinamo», Moskva).

Chap qanot yarim himoyachilari: Muhammad Moxebi («Rostov», Rostov), Abbosbek Fayzullayev (SSKA, Moskva), Andrey Mostovoy («Zenit», Sankt-Peterburg).

O‘ng qanot hujumchilari: Mateo Kasserra («Zenit», Sankt-Peterburg), Jon Kordoba («Krasnodar»), Fyodor Chalov (SSKA, Moskva).

Chap qanot hujumchilari: Konstantin Tyukavin («Dinamo», Moskva), Mirlind Daku («Rubin», Qozon), Ivan Sergeyev («Zenit», Sankt-Peterburg).

Abbosbek Fayzullayev o‘tgan mavsum Premer-ligada 22 ta uchrashuv ishtirok etib, to‘rtta gol va 11 ta assits qayd etdi. Rossiya kubogida esa, o‘nta bellashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta golli pas rasmiylashtirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev muxlislariga yaxshi xabar!
ePN