08:48 / 20.09.2024
69

Shaxmat Olimpiadasi. Nodirbek Abdusattorovning tajribasi evaziga O‘zbekiston jamoasi 8-turda g‘alaba qozondi

Shaxmat Olimpiadasi. Nodirbek Abdusattorovning tajribasi evaziga O‘zbekiston jamoasi 8-turda g‘alaba qozondi
Foto: Uzchess
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

19 sentyabr kuni musobaqaning 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar terma jamoasi Serbiya bilan, qizlar jamoasi esa AQSH terma jamoasi bilan bahs olib bordi.

Erkaklar terma jamoasi qiyin bahsda Serbiyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning uch a’zosi durang qayd etdi va hal qiluvchi bahsda Nodirbek Abdusattorov juda katta tajribaga ega ekanini isbotlab jamoa uchun muhim bo‘lgan g‘alabani olib keldi.

O‘zbekiston — Serbiya 2,5:1,5
- Nodirbek Abdusattorov — Aleksandr Predke 1:0;
- Nodirbek Yakubboyev — Aleksey Sarana 0,5 : 0,5;
- Javohir Sindorov — Aleksandar Injich 0,5:0,5;
- Shamsiddin Vohidov — Velimir Ivich 0,5 : 0,5.

Foto: Uzchess
Qizlar jamoasi esa afsuski 0,5 : 3,5 hisobida AQSHga yutqazdi. AQSH tarkibida bo‘lgan Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekistonga qarshi bahsda ishtirok etmadi.

Qizlar:

O‘zbekiston — AQSH 0,5 : 3,5

- Afro‘za Hamdamova — Vip Karrisa 0:1;
- Nilufar Yakubboyeva — Irina Krush 0:1;
- Umida Omonova — Alise Leye 0:1;
- Nodira Nodirjonova — Anna Zatonski 0,5:0,5.

Foto: Chess
Ushbu g‘alabadan so‘ng amaldagi chempionlar, O‘zbekiston erkaklar jamoasi 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 20 sentyabr kuni O‘zbekiston jamoasi 8 turning barchasida g‘alaba qozonib kelayotgan Hindiston jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin prinsipial ahamiyatga ega. Bundan avvalgi musobaqada aynan Hindiston ustidan qozonilgan g‘alaba o‘zbekistonliklarga bosh sovrinni olib kelgandi.

Foto: Chess
8-turdagi mag‘lubiyat sabab O‘zbekiston qizlar jamoasi 25-pog‘onaga tushib ketdi, ammo yuqori o‘rindagi jamoalar bilan farq katta emas. O‘zbekistonlik qizlarda yuqori o‘rinlarni egallash uchun imkoniyat saqlanib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat Olimpiadasi. Nodirbek Abdusattorovning tajribasi evaziga O‘zbekiston jamoasi 8-turda g‘alaba qozondi
ePN