22:03 / 20.09.2024
15

Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi

Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bahslarining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Toshkentda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston Kosta Rika jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Kosta Rika jamoasi futbolchisi Edvin Kobilyo hisobni ochdi. 14-daqiqada Mashrab Odilov O‘zbekistonning birinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi taym so‘ngida mezbonlar ikkinchi golni o‘tkazib yubordi.

Birinchi bo‘lim 1:2 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida jamoa sardori Ilhomjon Hamroyev hisobni tenglashtirdi. 3 daqiqa o‘tib mezbonlar futbolchisi Samariddin Berkinov O‘zbekiston termasini oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Diego Chavarria hisobni tenglashtirdi. Minor Kabalseta bir daqiqadan so‘ng Kosta Rikani oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Xeyan Salas hisobni 5:3 ga yetkazdi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Jahon chempionati
3-tur, "A" guruhi

Kosta-Rika – O‘zbekiston 5:3
Gollar
: Edvin Kubilo 4, Mashrab Odilov 14, Yosel Leon 20, Ilhom Hamroyev 27, Fazliddin Botirov 30, Diyego Chavvaria 32, Minor Sabaleta 33, Jean Salas 37.
Toshkent. "Humo Arena". 20:00

Kosta-Rika (dastlabki beshlik): 1.Sezar Rosales, 4.Diyego Chavarria, 5.Jean Salas, 10.Edvin Kubilo, 11.Daniyel Gomes.
Zaxira: 12.Denni Vaskes, 2.Gilbert Vindas, 3.Jeremi Gomes, 6.Viktor Fonseka, 7.Minor Sabalseta, 8.Yosel Leon, 9.Pablo Rodriges, 13.Luis Navarret, 14.Enmanuyel Gamboa.

O‘zbekiston (dastlabki beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Abror Ahmetzyanov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 10.Akbar Usmonov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.

Ogohlantirishlar: Ilhom Hamroyev 12, Ixtiyor Ropiyev 23, 32, Akbar Usmonov 24, Edvin Kubilo 37.
Chetlatish: Ixtiyor Ropiyev 32.

Shu tariqa O‘zbekiston jamoasi bir ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritdi va o‘z uyida bo‘lib o‘tayotgan musobaqa bilan xayrlashdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Niderlandiya Paragvay ustidan (5:2) g‘alaba qozondi va ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi
ePN