22:08 / 20.09.2024
37

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
JCH-2026 saralashining 3-bosqichini yomon boshlagan futbol bo‘yicha Avstraliya terma jamoasi tarixida bugundan yangi davr boshlanadi.

Avstraliya termasi bosh murabbiyi Grem Arnold o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

Arnold 2018 yilning yozidan beri Avstraliya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. "Sokkerouz" uning qo‘l ostida JCH-2022 1/8 finaliga qadar yetib borgan va Argentinaga mag‘lub bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 saralash bosqichi 3-bosqichining dastlabki ikki o‘yinida Avstraliya atigi 1 ochko to‘plagandi. Terma jamoa Bahraynga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, Indoneziya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Avstraliya 10 oktyabr kuni 3-tur uchrashuvida Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi