
Jahon chempionati 3-turidan oʻrin olgan Kosta-Rika - Oʻzbekiston (5:3) uchrashuvidan soʻng Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksander Ramos saytimizga kichik intervyu berdi.
- Jamoangizni gʻalaba bilan va keyingi bosqichga yoʻl olgani bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Kosta-Rika terma jamoasi uchrashuvni "autsayder" sifatida boshladi, ammo oʻyin davomida biz vaziyatni oʻzgartirib yubordik. Yigitlarning sayil harakatlari va kuchli ishtiyoq tufayli oʻyinda burilish yasay oldik.
- Kosta-Rika terma jamoasi oʻyinning qaysi paytida oʻyinni oʻzgartirishga oʻzida kuch topa oldi?
- Bu oʻyin Jahon chempionatidagi taqdirimizni hal qilardi. Toʻgʻrisini aytsam, bunchalik koʻp gollar boʻlishini kutmagandim. Sababi oʻyin katta ahamiyatga ega edi. Mundialda har narsa sodir boʻlishi mumkin.
- Oʻzbekiston futzal terma jamoasi mashhur ispaniyalik bosh murabbiy bilan mundialga tayyorgarlik koʻrdi, ammo bugun koʻrganimizdek natija yaxshi boʻlmadi. Oʻzbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirib oʻtsangiz?
- Bosh murabbiyingiz terma jamoani yaxshi darajaga olib chiqqani koʻrinib turibdi. Oʻzbekiston terma jamoasi Venansio bilan ishlashda va rivojlanishda davom etishiga tilakdoshman. Bilasizmi, hozirgi kunda Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Argentina terma jamoalarining kuchliroq ekanligi yaqqol seziladi, qolgan terma jamoalar esa oʻzaro raqobatlasha oladi va barchaning kuchi teng.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar