Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Olimpik” - “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugungi uchrashuvda yirik hisobda g‘alabaga erishdik. O‘yinning dastlabki qismida omadimiz kelmayotgandek ko‘ringandi. Vaziyatlardan unumli foydalanishda qiyinchiliklarga duch keldik. Biroq, ikkinchi bo‘limni yorqinroq o‘tkazdik va gollar urdik. Yigitlarga faollik uchun minnatdorchilik bildiraman. Natijadan qoniqdim.
- Joyel Kojo transferi bilan bog‘liq xabarlardan so‘ng uni bugungi o‘yinga qanday tayyorladingiz?
- Kojo bilan hammasi yaxshi. Kayfiyati ham joyida. Avvalroq berilgan intervyuda emotsiyalar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. U tushunib oldi va jamoamiz uchun yordamga tayyor. Bugun ham gol urdi. Kojo bilan muammo yo‘q.
- Birinchi bo‘limda raqib kuchliroqdek ko‘rindimi?
- Birinchi bo‘limda ko‘p harakatlarimiz o‘xshamayotgandek edi. Ikkinchi bo‘limda barchasi joyiga tushdi va ketma-ket gollar kiritdik. Bizning o‘yin uslubimizda har doim oxirigacha kurash olib borish faktorlari aks etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi