Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 26 sentyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Roma” ilk turda “Atletik”ni qabul qildi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Artyom Dovbik rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham Rim jamoasi ustunlik qildi. Biroq 85-daqiqada esa Paredes hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Qayd etib o‘tish joiz, 81-daqiqada Eldor Shomurodov Dovbik o‘rniga maydonga tushirildi.
Yevropa Ligasi
1-tur
26 sentyabr. payshanba
“Roma” – “Atletik” 1:1
Gollar: 1:0 – 32 Dovbik, 1:1 – 85 Paredes.
“Roma”: Svilar, Ermoso, Ndika, Manchini, Anxelino, Chelik (Abdulhamid, 71), Baldansi (Pizilli, 63), Kristante, Kone (Paredes, 81), Dovbik (Shomurodov, 81), Dibala (Soule, 46).
“Atletik”: Agirresabala, Berchiche, Paredes, Vivian (Nunes, 80), Gorosabel (De Markos, 69), Prados (Errera, 60), Ruis de Galarreta, Unai Gomes (Berenger, 69), Dyalo (Uilyams, 60), Uilyams, Guruseta.
Ogohlantirishlar: Gorosabel (44), Kone (44), Berchiche (56), Baldansi (62), De Markos (83), Uilyams (90+5). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi