
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Nasaf” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugungi o‘yinda g‘alabani istagandik. Birinchi goldan xotirjamlikni yo‘qotdik. Aslida birinchi bo‘limda juda yaxshi harakat qilgandik. Ikkinchi bo‘limda ham harakatlarimiz yomonmas edi. Vaziyatlar yaratdik, biroq ikkinchi bo‘limda harakatlarimiz sustlashdi va ochko yo‘qotdik.
Tarkibdagi rotatsiyalarni “Nasaf”ni oldinda kutib turgan o‘yinlardan kelib chiqib amalga oshirdik. Balki o‘yin davomida futbolchilarda ham shunaqa kayfiyat kuzatilgandir. OCHLdagi raqibimiz kuchli jamoa, lekin biz ham kuchsiz emasmiz, g‘alaba uchun harakat qilamiz.
- Kuvayt jamoasiga qarshi o‘yinda jamoa Superligada OKMK bilan o‘yinni ko‘zlab harakat qilgandek ko‘rindi. Shu haqida fikringiz qanday?
- Superligadagi vazifamiz ma’lum, biz maqsad yo‘lida harakat qilayapmiz. Quvayt jamoasi ham kuchsiz emasdi, o‘z chempionatida ushbu mavsumda mag‘lub bo‘lmagan peshqadam klub. “Bunyodkor” jamoasi bizdagi o‘yin susayishidan kelib chiqib, muvaffaqiyatli harakat qildi. Hisob 2:0 bo‘lganida xotirjamlikka berildik, yana himoyada ba’zi xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Masalan Temurxo‘ja gol urgan vaziyatda bizning 5 nafar futbolchimiz raqibga imkoniyat berib qo‘ydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar