19:56 / 01.10.2024
153

Abbosbek Fayzullayevdan hamma voz kechgan...

Abbosbek Fayzullayevdan hamma voz kechgan...
Abbosbek Fayzullayev bir yil ichida nafaqat SSKAning, balki Rossiya Premer-ligasining eng zo‘r futbolchilaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda SSKAni o‘zbek legionerimiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 20 yoshli hujumkor futbolchi maydonda joy tanlamaydi. O‘ng qanot, chap qanot, markazdan ham hujum tashkil qila oladi.

Fayzullayevning maydonni ko‘ra olishi, pleymeykerlik qobiliyati, kurashuvchanligi, betakror driblinglari, tezkorligi, aniq zarbalari, qulay paslari va yana bir qator fazilatlari “armiyachilar”ning foydasiga ishlamoqda.

Abbosbek 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tgan. Lekin iste’dodli futbolchimiz uchun Rossiyadan jamoa topish oson bo‘lmagan ekan.

Bu haqda SSKAning avvalgi bosh murabbiyi Vladimir Fedotovning yordamchisi bo‘lib ishlagan mutaxassis Oleg Fomenko rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda aytib berdi.

— Avvalgi bosh murabbiy Vladimir Fedotov Abbosbek Fayzullayevning transferiga shubha bilan qaragan ekan. Shu rostmi?
— Nafaqat Fedotov. Abbosbekni olishni Rossiya Premer-ligasining ko‘plab klublariga taklif qilishgan, lekin hamma bu imkoniyatdan voz kechgan edi.

— Fedotovda aynan qaysi masala savol tug‘dirgan?
— Rossiya Premer-ligasida jismoniy kuchga tayangan kurash ko‘p. O‘zbekiston chempionatidan kelgan ozg‘ingina yosh yigitchaga qaraganingda, aqlingga “Uni o‘yinda oyoq ostida qolib ketmasa edi”, degan fikr keladi.

Lekin Abbosbek ham inson, ham futbolchi sifatida hammani hayratga sola oldi. Fayzullayev juda tez asosiy tarkibning muhim o‘yinchisiga aylandi. Aslida uni kelajak uchun olib kelishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yili “sherlar”ning asosiy tarkibiga qabul qilingan.

20 yoshli hujumkor futbolchimiz “Paxtakor” tarkibida O‘zbekiston Superligasi, mamlakat kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi doirasida jami 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Abbosbek legionerga aylanganidan keyin ham sermahsulligini davom ettirmoqda. Fayzullayev SSKAga o‘tganidan beri Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi bahslarida hozirgacha 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hamyurtimiz bu o‘yinlarda raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 19 ta golli pas berdi.

Bugungi kunda Abbosbek Fayzullayevning transfer summasi 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayevdan hamma voz kechgan...