22:20 / 01.10.2024
66

Hindistonda 219 nafar og‘ir atletikachi musobaqadan qochib ketdi

Hindistonda 219 nafar og‘ir atletikachi musobaqadan qochib ketdi
Hindistonning Modinagar shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan turnir tashkilotchilari sportchilarning ommaviy ravishda ishtirok etishdan bosh tortgani sababli bir qator vazn toifalaridagi musobaqalarni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Amar Ujala nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sportchilar turnirga doping-ofitserlar kelishini bilishmagan va ular paydo bo‘lganidan keyin 252 nafar erkakdan 126 nafari va 177 nafar ayoldan 93 nafari musobaqadan qochib ketgan. Turnirda jami 429 nafar sportchi ishtirok etishi kerak edi.

Yuqoridagi sabab tufayli, ayrim vazn toifalari umuman o‘tmagan yoki bir-ikki nafar sportchi ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, Hindistonda bunday darajadagi muntazam chempionatlarda odatda doping nazorati o‘tkazilmagan. Doping komissiyasining kelgani haqidagi xabar musobaqa ishtirokchilarini hayratda qoldirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hindistonda 219 nafar og‘ir atletikachi musobaqadan qochib ketdi