21:02 / 02.10.2024
3

OCHL-2. “Nasaf” BAA klubiga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi

OCHL-2. “Nasaf” BAA klubiga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Foto: “Nasaf”
Futbol bo‘yicha OCHL-2 turnirining 2-turidan o‘rin olgan o‘yin 2 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Nasaf” o‘zida “Shabob al Ahli”ni qabul qildi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Mateusao hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda qarshiliklar faolroq harakat qildi va 83-daqiqaga kelib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Zoran Marushich gol muallifiga aylandi. 90+2-daqiqada esa Marushich yana bir bor darvozani ishg‘ol etdi va “Nasaf”ga g‘alaba keltirdi.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ilk turda “Kuvayt” bilan 0:0 hisobida durang qayd etgandi.

OCHL-2
2-tur bahsi

2 oktyabr, chorshanba

“Nasaf” – “Shabob al Ahli” 2:1
Gollar
: 0:1 — 19 Mateusao, 1:1 — 83 Marushich, 2:1 — 90+2 Marushich

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy (88. Marko Stanoyevich, 72) 8. Zafarmurod Abdiraxmatov, 9. Javohir Sidiqov (10. Bobir Abdixoliqov,72), 19. Stefan Cholovich (3. Shohjahon Sultonmurodov, 46), 22. Igor Golban (4. Dilshodjon Komilov, 46), 32. Zoran Marushich, 34. Sherzod Nasrullayev, 70. Jambuli Jigauri (14. Sharof Muhitdinov,46), 77. Oybek Bozorov.

“Shabob al Ahli”: 12. Hassan Hamza Almaazmi, 2. Yago Azvedo Santos, 5. Volid Abbos, 50. Said Sulaymon Mubarak, 7. Abdulla Harib (10. Federiko Kartabia, 85), 8. Gaston Suares, 9. Munas Dabbur (77. Gilerme Gonsalles, 74), 19. Mateusao, 26. Eid Hamis (16. Rikelme Ernandes, 60), 57. Yuri Sezar Silva (11. Yahyo Al Gassani, 60), 66. Said Izzatullohi (80. Breno Kaskardo 60).

Ogohlantirish: Eid Hamis (43), Dilshod Komilov (62), G‘olib G‘aybullayev (80), Harib Suxail (81), Zoran Marushich (84).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2. “Nasaf” BAA klubiga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi
ePN